Prezident 852 nafar mahkumni avf etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda bugun, 27 avgust kuni “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar qilindi.

Manbaga ko‘ra, afv etilgan 604 nafar mahkum jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etiladi. 52 nafar mahkumning esa tayinlangan jazosi yengilroq jazo bilan almashtiriladi. 81 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.

Qayd etilishicha, farmon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan qabul qilingan. Hujjatga ko‘ra, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga nisbatan afv etish chorasi qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, afv etilganlar orasida 7 nafar chet el fuqarosi hamda 63 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar ham bor. Bundan tashqari afv etilganlarning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar, 37 nafari esa 60 yoshdan oshgan erkaklardir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 523 mahkumni afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing