Prezident 7 ta viloyat hokimlarini qat’iy ogohlantirdi
Jamiyat
−
31 may 2022
24976Joriy yilda 170 ta yirik chorvachilik loyihalari va xonadonlarda kooperatsiya orqali 249 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Buning uchun, fevral oyida qabul qilingan qaror bilan chorvachilik xo‘jaliklariga:
go‘shtning har bir kilogrammi uchun to‘lanadigan subsidiya 2 ming so‘mdan 4 ming so‘mga, sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshirildi;
olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi barcha to‘lovlardan ozod etildi;
sohaga 170 million dollar imtiyozli kredit liniyalari ochildi;
200 ming gektardan ziyod paxta va g‘alla maydonlariga ozuqabop ekinlarni almashlab ekish belgilab olindi.
Andijon, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari tomonidan amaliy ishlar boshlanib, 18 ming boshli 35 ta chorvachilik xo‘jaliklari ishga tushirilgan.
Lekin, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 35 ming boshli 70 ta loyiha bo‘yicha chorva komplekslarini ishga tushirish kechikmoqda.
Shu sababli, Prezident ushbu viloyatlar hokimlarini qat’iy ogohlantirgan.
LiveBarchasi