Prezident 2023 yilga nom berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatnomasida kelasi yilga qanday nom berish bo‘yicha taklifni ham ilgari surdi. 

Davlat rahbari 2023 yilni "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili deb e’lon qildi.

“Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz,  ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.

Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.

Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

414

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing