“MAKTAB” tarif rejasi - har bir o‘quvchi eng qulay sharoitlarda onlayn-ta’lim oladi!
Biznes
−
18 Sentabr 2020
11517Boshlang‘ich ta’lim shaxsni shakllantirish va rivojlantirish jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Joriy yildagi vaziyat ta’lim olishning yangi uslub va shakllarini joriy etishga targ‘ib etib, har qanday sharoitda bilim olish mumkinligini taqozo etmoqda. Maktab o‘quvchilarini masofaviy bilim olishi uchun axborot-ta’lim platformalari resurslarining mavjudligini ta’minlash hozirgi kunning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Xalq ta’limi tizimini qo‘llab-quvvatlagan holda, UZTELECOM onlayn usullar orqali bilim olish uchun eng foydali va sifatli xizmatlarni taqdim etadi hamda yosh avlodning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shadi.
Shu munosabat bilan, UZTELECOM milliy operatori faqatgina O‘zbekiston umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga mo‘ljallangan yangi “MAKTAB” tarif rejasi ishga tushirilganini ma’lum qiladi.
“MAKTAB” tarif rejasi - bu o‘quvchilar uchun 29 900 so‘m oylik to‘lovi evaziga:
• 5000 MB Internet-trafik,
• Tarif ichida 500 daqiqa (O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqa) va
• 500 ta SMS taqdim etadigan mobil aloqa abonentlari uchun foydali tanlovdir.
Bundan tashqari:
• Abonent masofaviy ta’lim uchun o‘quv va axborot platformalari resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini. Ta’lim platformalarining to‘liq ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin;
• ZiyoNET xizmatining abonent to‘lovi uchun 50% chegirmani qo‘lga kiritadi;
• “MAKTAB” tarif rejasi abonentlari mobil Iinternetdan qulay foydalanishlari uchun maxsus TA’LIM Internet-to‘plamlarini arzon va hamyonbop narxlarda sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “MAKTAB”tarif rejasiga ulanish o‘quvchining ota-onasini hujjatlari bo‘yicha bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asosida faqatgina Kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi.
UZTELECOM – Milliy operator.
“MAKTAB” tarif rejasi haqida batafsil ma’lumot Kompaniyaning rasmiy saytida: www.uztelecom.uz
LiveBarchasi