Prezident 166 kishini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Ushbu farmon bilan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakatning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

1.        Karimova Dilorom Malikovna     -    mehnat faxriysi, erkin ijodkor

2.        Sobirov Og‘abek Karimovich    -    O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan

3.        Shaydilov Safar Normurodovich     -    Qiziriq tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

4.        Annazarov Jasvantbek Bahromovich    -    Toshkent shahridagi “TIART” mas’uliyati cheklangan jamiyati haykaltaroshlik korxonasi direktori, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan

5.        Asadov Mirjamol    -    Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan

6.        Abdikamalov Baxtiyor Abdirazaqovich     -    Qoraqalpoq davlat universiteti fizika kafedrasi professori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

7.        Karimov Bahodir Nurmetovich     -    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri

8.        Mahmudova Dildorxon Yo‘ldoshxon qizi     -    Qo‘qon shahridagi 9-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Farg‘ona viloyati

9.        Rahmonov Sodiqjon Mo‘minovich     -    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, rassom

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

10.        Akilova Kamola Boltaboyevna    -    O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari – Madaniy meros departamenti boshlig‘i

11.        Ahmedov Jahongir Odilxo‘jayevich     -    “Ezgu-film” studiyasi rejissyori, Toshkent shahri

12.        Do‘stmuhamedov  Xurshid Nabiyevich     -    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

13.        Qodiriy Xondamir Habibulla o‘g‘li    -    Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

14.        Haydarov Ravshan Akmalovich    -    futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

15.        Ahmedov Odil Alimjonovich    -    futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xalqning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, respublika taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

16.        Abdurashidov Abdulahat     -    O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali sozandasi 

17.        Azimov Usmonqul (Usmon Azim)    -    O‘zbek Milliy akademik drama teatri adabiy bo‘limi mudiri

18.        Ixtiyorov Baxtiyor Ahmedovich     -    O‘zbekiston davlat satira teatri faxriysi

19.        Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich     -    Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori

20.        Sa’dullayev Lutfulla Ubaydullayevich     -    O‘zbekiston davlat satira teatri faxriysi

21.        Egamnazarov Alinazar Imomnazarovich    -    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

22.        Abdurahmonov Qahhor Fattohovich     -    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori 

23.        A’zamov Erkin Normamatovich (Erkin A’zam)     -    “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

24.        Mirzayev To‘ra     -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

25.        Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich     -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

26.        Ahmedov Sirojiddin Ubaydullayevich    -    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiya bo‘limi boshlig‘i

27.        Bafoyev Mustafo    -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi professori

28.        Doniyorov Salim Musurmonovich    -    “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati bosh muharriri

29.        Islomov Dilmurod Muxutovich    -    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori

30.        Qosimov Bahodir O‘rinboyevich    -    “Milliy” telekanali kino va dublyaj bo‘limi boshlig‘i

31.        Qosimov Haydarali Saidaliyevich    -    Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri bosh rejissyori

32.        Qo‘chqorov Sher Matyoqubovich     -    Yangiariq tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Xorazm viloyati

33.        Mullaboyev Toir Sobirovich    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “Bolajon” telekanali muharriri

34.        Muhamedova Mapura Nasriddinovna     -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

35.        Pidayev Shokirjon Rasulevich     -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

36.        Razzoqova Muyassar Qodirovna    -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasi akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi mudiri

37.        Rametova Saida Xodjiyevna     -    O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

38.        Rahimboyeva  Qutlibeka     -    “Saodat” jurnali bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

39.        Ro‘zimboyev Saparboy     -    Urganch davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati

40.        Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich     -    O‘zbekiston Milliy universiteti professori,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

41.        Sa’dullayev Azimboy     -    O‘zbekiston Milliy universiteti professori,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

42.        Sapayeva Mirzagul Jumanazarovna    -    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri vokal artisti

43.        Sultonov Jalil Jalolovich     -    mehnat faxriysi, yaponshunos

44.        Toshmatov Ma’murjon G‘aniyevich     -    O‘zbekiston davlat filarmoniyasi B.Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari

45.        Teshaboyeva Umida Alimjonovna    -    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori

46.        Umirov Saydi     -    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti

47.        Urazimbetov Nizamatdin Tajitdinovich     -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi Nukus filiali teleradiomarkazi oliy toifali teleoperatori

48.        Hasanov Ahadjon Ahmedjonovich    -    O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori

49.        Yoqubov G‘ulomjon Toshpo‘latovich    -    “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

“Do‘stlik” ordeni bilan 

50.        Abdurahmonov Qalandar    -    G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universtitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

51.        Alijonov Sohibjon Nazirjonovich    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot-tahlil multimedia markazi” davlat muassasasi direktori

52.        Axetova Alima Shaniyazovna     -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori

53.        Ahmedshayev Ahmadjon Shoyaqubovich     -    O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Davlat geologiya muzeyi direktori

54.        Axmetzyanov Farit Rashitovich    -    O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyumasi a’zosi, haykaltarosh

55.        Bahodirxonov Muhamed Kabir     -    Toshkent davlat texnika universiteti professori,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

56.        Borodina Marina Rostislavovna    -    Toshkent arxitektura qurilish instituti interer va landshaft dizayni kafedrasi professori

57.        Glubokina Natalya Leonidovna    -    O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh rassomi

58.        Dadayev Ahmadjon Shokarimovich    -    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti

59.        Jumayev Bo‘riqul O‘roqovich    -    Boysun tumani “Dashtig‘oz” madaniyat markazi qoshidagi havaskorlik jamoasi rahbari, Surxondaryo viloyati

60.        Ibragimov Baxtiyor To‘laganovich    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

61.        Ilin Nikolay Dmitriyevich    -    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi, shoir

62.        Islomov Xolmurod Muxutovich        Respublika “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi doirachilar to‘garagi o‘qituvchisi

63.        Islomov Elmurod Muxutovich        Respublika “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi doirachilar to‘garagi rahbari

64.        Kamolov Badriddin Sadriddinovich    -    Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari “Nuroniylar” sanatoriysi direktori

65.        Kashtanova Lyubov Iosifovna     -    Yunusobod tumanidagi 97-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

66.        Qayumov Kozim Obidovich     -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy teatr-studiyasi oliy toifali sahna ustasi

67.        Qodirov Bayan     -    Urgut tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi maqom to‘garagi rahbari, Samarqand viloyati

68.        Qosimov Jahongir Mirsobitovich     -    “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissyori

69.        Murodov Mahmudjon Mo‘minovich    -    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori

70.        Musin Roman Salixovich    -    O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri sahna mashinisti

71.        Nadirova Yelena Faritovna     -    Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi xoreografiya kolleji maxsus fan o‘qituvchisi

72.        Nadirova Aygul Bazarbayevna    -    Nukus davlat pedagogika instituti musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi

73.        Nosirov Elyor Rasulevich     -    O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori

74.        Razzoqova Kumush Qodirovna     -    mehnat faxriysi, estrada xonandasi 

75.        Risqiyev Rifat Asadovich     -    faxriy sportchi

76.        Sobirov Ravshan Zoirovich     -    O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi 

77.        Safarov Orol Abdumannonovich    -    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti

78.        Sobirov Kimsanboy Nabiyevich     -    Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali drama artisti, Farg‘ona viloyati
79.        To‘xtayev To‘xtamish Davlatovich    -    “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati bo‘lim muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

80.        Xoliqulova Go‘zal Erkinovna    -    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

81.        Hasanov Hamidulla     -    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi o‘qituvchisi

82.        Hasanova Sayyora Salayevna    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi “Voha” tezkor axborot guruhi katta muharriri

83.        Hamdamov Bobomurod    -    mehnat faxriysi, xonanda

84.        Hamroqulov Nuriddin    -    mehnat faxriysi, xonanda

85.        Chilin Vladimir Ivanovich    -    O‘zbekiston Milliy universiteti algebra va funksional analiz kafedrasi professori

86.        Sharipova Ra’no Boyzayevna    -    mehnat faxriysi, xonanda

87.        Ergasheva Yulduz Alimovna    -    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri

88.        Ermatov Husan Tohirovich    -    “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri

89.        Yugay Lev Pavlovich    -    Milliy tadqiqot texnologiya universitetining Olmaliq filiali matematika va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi mudiri

90.        Yuldoshev Mahammadjon Usubjonovich    -    O‘zbekiston davlat filarmoniyasi o‘zbek milliy mumtoz ashula ansambli xonandasi

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan 

91.        Gaziyev Bahromjon Valiyevich    -    O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi

92.        Ilyosov Vasil G‘aybullayevich    -    “Jizzax haqiqati” – “Djizakskaya pravda” gazetalari tahririyati bo‘lim muharriri

93.        Matkarimov Salimjon Ibodullayevich    -    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agenligi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi respublika teleradioeshittirishlari monitoringi bo‘limi boshlig‘i

94.        Mirzayev Abdurazzoq Umrzoqovich    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi raisi

95.        Mirzayev Manuchehr Boborahimovich    -    Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari

96.        Rahimjonov Iftixor To‘xtamurodovich    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi rejissyori

97.        To‘xtashev Jamoliddin Qurbonovich    -    “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharririning birinchi o‘rinbosari

98.        Usmonova Nazokat Shavkatovna    -    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi siyosat va yangiliklar tahririyati bo‘lim mudiri

99.        Xolliyeva Dilbar Karimboyevna    -    “SHARQ” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi muqovalovchisi 

100.        Shukurov Saidahmad Xoldorovich    -    “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri

“Sog‘lom turmush” medali bilan

101.        Arslonov Najib Gadiyevich    -    Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo‘limi murabbiyi

102.        Babaliyeva Gulchehra Ro‘ziboyevna    -    Uzun tumanidagi 5-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati

103.        Boynazarova Zuhra Muqumjonovna    -    Sayxunobod tumanidagi 9-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati

104.        Boydadayev Abdujabbor Abdusattorovich    -    Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori o‘rinbosari, Namangan viloyati

105.        G‘oziyev Abdulla Ubaydullayevich    -    “Shifokor va hayot” gazetasi tahririyati muharriri, Namangan viloyati

106.        Jaksimuratov Muxammed Rametullayevich    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportning yakkakurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi katta yo‘riqchi-uslubchisi

107.        Jumaniyozova Gulnora Erkinovna    -    Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati

108.        Isakova Zuxra Konisbayevna    -    Qoraqalpog‘iston bolalar va o‘smirlarining “Jetkinshek” gazetasi bo‘lim mudiri

109.        Keunimjayeva To‘xtagul Kudaynazarovna    -    Qorao‘zak tumanidagi 2-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi metodisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

110.        Li Lyudmila Rudolfovna    -    Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport gimnastikasi bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchisi

111.        Mamayusupova Gulnora Umarjanovna    -    Uchtepa tumanidagi 228-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri

112.        Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari 

113.        Nurmatova Shohistaxon Muhammadjonovna    -    Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Andijon viloyati

114.        Paxomov Vladimir Yurevich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi akademik eshkak eshish bo‘yicha katta murabbiy-o‘qituvchisi

115.        Soibova Iroda Baxtiyorovna    -    Yashnobod tumanidagi 307-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

116.        Tuganova Barno Asrorovna    -    Payariq tumanidagi “Manzurabonu” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Samarqand viloyati

117.        Xo‘jayeva Dildorxon Nurmatxonovna      -    Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktabi xalq raqsi bo‘limi mudiri

118.        Shodimetova Farog‘at Bo‘ronovna    -    Toshkent shahri “Yangiobod” va “Kamolon darvoza” mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshidagi “E’zozli sportchi ayollar” guruhi rahbari

119.        Shamshiddinov Isroiljon Turg‘unovich    -    Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi professori

120.        Yuldasheva Feruza Elamasovna    -    Ohangaron shahridagi 7-imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabi logopediya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

121.        Yakubova Marina Vladimirovna    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Bolalar sporti, ommaviy sport 
va xalq o‘yinlari” bosh muharririyati bo‘lim mudiri

“Shuhrat” medali bilan

122.        Avazova Ma’mura Erkinovna     -    Toshkent shahar markaziy madaniyat uyi qoshidagi “Nodirabegim” folklor-etnografik ansambli rahbari

123.        Akimov Yedilbay Kurbanbayevich     -    O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi qoshidagi “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

124.        Appazova Lenara Imranovna    -    Chirchiq shahridagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabi xor va estrada xonandaligi sinfi o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

125.        Aripova Umida Jangirovna    -    Sergeli tumanidagi 329-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

126.        Artiqov Baxtiyor Abdimurotovich    -    Sho‘rchi tumanidagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabi baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

127.        Asrorov O‘tkir Qudratovich    -    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti haykaltaroshlik kafedrasi o‘qituvchisi

128.        Bobojonov Ulug‘bek Salayevich    -    “Xorazm” maqom ansambli xonandasi, Xorazm viloyati

129.        Bozorov Ziyodullo Nazarovich     -    Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh dirijyori

130.        Valixo‘jayev Ibragim Mutalliyevich    -    O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom

131.        Genjebekova Nasiba Sharibayevna    -    Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri aktyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

132.        Davlatov Olim Davlatovich    -    “Tamaddun” nashriyoti direktori, adabiyotshunos, Toshkent shahri

133.        Davlatova Norbibi Shokirovna    -    Nurota tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi “Nurjahon” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Navoiy viloyati

134.        Jalolov NabiSotqinovich   -    G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi yetakchi muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

135.        Zavadinov Narzulla Hamroqulovich    -    G‘allaorol tumanidagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

136.        Ibragimov Sagimbay    -    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

137.        Isoqov Saidakmalxon Bo‘stonbek o‘g‘li    -    Farg‘ona viloyati “Ruxsor TV” telekanali teleoperatori

138.        Islomova Lobar Ikromovna    -    “Anhor.uz” veb-sayti bosh muharriri

139.        Kalbayev Maxsat Galiyevich    -    Tomdi tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘garak rahbari, jirov, Navoiy viloyati

140.        Qodirova Dilfuza Ismoilovna      -    Namangan viloyati musiqali drama teatri vokal artisti

141.        Qurbonov G‘olibnazar Isomiddinovich    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar bo‘limining birinchi toifali muharriri

142.        Mavlonov Anvar G‘aybullayevich     -    Buxoro viloyati musiqali drama teatri oliy toifali aktyori

143.        Mamadaliyev Mamasodiq Rasulovich    -    Farg‘ona shahridagi 3-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘zbek milliy musiqa asboblari ustasi, Farg‘ona viloyati

144.        Matanov Ikrom Yo‘ldoshevich    -    O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali artist-sozandasi

145.        Matchonov Ochilbek Yo‘ldoshboyevich    -    Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi an’anaviy vokal bo‘limi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

146.        Mo‘minov Davlatmurod Abduxalimovich    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri

147.        Mo‘minov Tolib Teshayevich    -    O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

148.        Murodova Nozima Faxriddinovna    -    O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

149.        Ne’matov Komiljon Ibrohimovich     -    Uychi tumani madaniyat markazi qoshidagi “Tarona” ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Namangan viloyati

150.        Nemadaliyev Anvarjon Ahmadaliyevich    -    Rishton tumani madaniyat markazi qoshidagi “Yosh askiyachilar” maktabi rahbari, Farg‘ona viloyati 

151.        Olimova Yulduzxon To‘laxo‘jayevna    -    “Ozod yurt to‘lqinlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Mening yurtim” telekanali muxbiri

152.        Oepkova YuliyaIgorevna    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri 

153.        Sagatova Shahnoza Mirzarahimovna    -    ijtimoiy tarmoqlardagi “Bloger Shahnoza” sahifasi bosh muharriri (bloger)

154.        Sulaymonov Ma’sudjon Mo‘minovich    -    O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Farg‘ona viloyati bo‘yicha sharhlovchisi

155.        To‘xtayeva Zebo Ismatullayevna    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali birinchi toifali muharriri

156.        Umarova Anzirat Ochilovna    -    Samarqand viloyati musiqali drama teatri vokal artisti

157.        O‘rinov Farhod Hamidovich    -    Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti

158.        Fozilova Dilbarxon Shomurodovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti bo‘lim mudiri 

159.        Hojiqulov Ravshan G‘ulomjonovich    -    Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunaviy maqom ansambli badiiy rahbari

160.        Haydarova Lobar Turdiyevna    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyati bosh muharriri – radio guruhi rahbari

161.        Xudoyberdiyev Abror Hakimovich    -    O‘zbekiston Milliy universtitetining algebra va funksional analiz kafedrasi professori 

162.        Husanova Gulnoza Tursunmurodovna    -    “UzReport TV” telekanali bosh muharriri

163.        Sharipov Dilshod Shohidjonovich    -    “Simple Networking Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Daryo.uz” internet-nashri muharriri

164.        Sheraliyev G‘ayrat Rahmatullayevich    -    “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri, Toshkent viloyati

165.        Yusupboyev Yo‘ldosh Bozorboyevich    -    “Teleradiokompaniya Zo‘r” mas’uliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Toshkent shahri

166.        Yaqubova Odinaxon Ergashevna    -    Furqat tumani madaniyat markazi qoshidagi “Shodiyona” folklor-etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Farg‘ona viloyati


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing