Prezident 100 yoshdan oshgan nuroniylarni ham mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 avgustdagi farmoni bilan 14 nafar fuqaro (har bir hududdan bir nafar) “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Mukofotlar Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, faol investitsiya muhitini yaratish, eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlaridagi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdim etildi.

Taqdirlanganlar ro‘yxati:

Baymatova Xadicha - Denov tumani, Surxondaryo viloyati

Borotova Ruzi - Dehqonobod tumani, Qashqadaryo viloyati

Imorxo‘jayeva Mehri - Bo‘ka tumani, Toshkent viloyati

Karimov Baltabay - Shayxontohur tumani, Toshkent shahri

Nurmatova Zebijon - To‘raqo‘rg‘on tumani, Namangan viloyati

Olimov Xabibullo - Xiva tumani, Xorazm viloyati

Raziqova O‘g‘ilcha - Marhamat tumani, Andijon viloyati

Raxmatova Buston - Narpay tumani, Samarqand viloyati

Tojiyeva Malika - Xatirchi tumani, Navoiy viloyati

Xojiyeva Sanam - Sharof Rashidov tumani, Jizzax viloyati

Sheraliyev Karim - Qo‘shtepa tumani, Farg‘ona viloyati

Shukurov Xol - Vobkent tumani, Buxoro viloyati

Yuldasheva Ruzi - Ellikqal’a tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yarlakabova Sharafat - Sayxunobod tumani, Sirdaryo viloyati


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev mukofot Shuhrat medali

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing