Prezident 10 milliondan ko‘p maosh olayotgan o‘qituvchilar sonini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchi maktab o‘qituvchilari soni ming nafardan oshdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Uning qayd etishicha, o‘tgan davrda muallimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 baravar oshgan. Biroq Prezident bunda qaysi oraliq davrni nazarda tutgani aniq emas. 

“Chet tili, IT, matematika, kimyo, biologiya bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikati bor o‘qituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida to‘lov joriy etildi. Natijada 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshdi. Yana 2 mingga yaqin o‘qituvchilarga vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, Mirziyoyevning aytishicha, maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 20 noyabr kuni Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan muloqot qilib, unda rejalar katta ekanini aytib, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari 1000 dollar miqdorida ish haqi olishi kerakligini bildirgan edi: 

“Oddiy muallim 1000 dollar ish haqi olmasa, u ishga kelishi kerak emas. Shifokor ham xuddi shunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilishimiz mumkinmi? Mumkin. Tinchlik, osoyishtalik kerak, bir-birimizni to‘g‘ri tushunishimiz kerak”, degan edi Mirziyoyev.

Qolaversa, davlat rahbari 2021 yilning 6 noyabr kuni ikkinchi muddatga Prezidentlik lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan marosimda 2025 yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari ko‘rilishini aytgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing