Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
Jamiyat
−
03 avgust 2024 3601 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Iqlim kengashi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha Prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.
Bundan tashqari, Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.
Zebo Turobjonova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr