Prezident hokimlarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shug‘ullanishi shart va ulardan so‘rov qattiq bo‘ladi. Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini Prezident eshitib boradi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidladi.

“Endi bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tamiz. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.Ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqdim. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal bo‘lsayam ichiga kirgan. Lekin, qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi “shablon” ko‘rinishida. Birortasi tuman darajasida nima ish qilishini oldiga vazifa qilib qo‘ymagan”, deydi Prezident.

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, rahbarlar o‘zi boshchiligida joylarga chiqib, yangi davolash amaliyotlarini o‘tkazishi, yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda joriy etishi, viloyat va tuman mutaxassislarini bunga o‘rgatishi kerak. Agar o‘zgarish bo‘lmaydi. Odamlar sarson bo‘lib, poytaxtga kelaveradi.

Shu bois, aprel markazlar rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘ladi, masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘riladi.

“Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shug‘ullanishi shart va ulardan so‘rov qattiq bo‘ladi. Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini o‘zim eshitib boraman. Ochiq muloqotdan keyingi o‘zgarishlarni nafaqat tibbiyot xodimlari, balki har bir xonadon sezishi shart”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

691

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing