“Prava”siz 23 yashar haydovchi YTH sodir etdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
15 Sentabr 2020
5003Bugun, 15 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida guvohnomasiz avtomobil boshqargan 23 yoshli yigit bir odamning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 6:30 larda Uchko‘prik tumani, “Jalayer” MFY hududidan o‘tgan A-373B avtomobil yo‘lining 35-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan S.Sh. “Vaz-21063” rusumli avtomobilda me’yoriy hujjatlarsiz harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida, yo‘lning chap tomon chetida to‘xtab turgan piyoda, 1976 yilda tug‘ilgan D.Sh.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda, 44 yoshli D.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi