Azizxon Umarxonov respublika PPX boshlig‘i bo‘ldi

Jamiyat

image

IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga yangi boshliq va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatida nom chiqargan polkovnik Azizxon Sharipxonovich Umarxonov IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Umarxonov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 5 avgustigacha IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan podpolkovnik Dilshod Akramov o‘z xizmat xonasida o‘ldirib ketilgan edi. 

Umarxonovdan bo‘shagan o‘ringa esa polkovnik Murodilla Saydullayevich Alikariyev tayinlandi. Tayinlovga qadar Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Azizxon Umarxonov Murodilla Alikariev Dilshod Akramov

Baholaganlar

414

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar