Poytaxtning ikkita tumani ichki ishlar organida lavozimiy o‘zgarishlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun kuni Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Jumladan, poytaxt Toshkent shahrida ham turli lavozimiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan podpolkovnik Axmedov Atamurad Baxtiyarovich Toshkent shahari, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Zuparov Toxirjon Zakirjanovich Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Toxirjon Zuparov Toshkent shahar, Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Respublikaning boshqa viloyatlarida ham lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing