Poytaxtdagi yana bir ko‘cha iyul oyi oxirigacha yopildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Salom ko‘chasi iyul oyi so‘ngiga qadar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha,  Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Namunali ko‘cha” loyihasi doirasida mahallalardagi kichik va tor ko‘chalar ta’mirlanmoqda.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Salom ko‘chasi “Namunali ko‘cha” loyihasi dasturiga kiritilgan. Ayni kunda ushbu ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli Salom ko‘chasi transportlar harakati uchun iyul oy so‘nggiga qadar yopiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing