Poytaxtda tashlandiq bino o‘rnida zamonaviy san’at markazi ochiladi

Jamiyat

image

Joriy yil 6 sentabr kuni poytaxtda uzoq yillar davomida qarovsiz va tashlandiq holda qolgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi o‘rnida Toshkent zamonaviy san’at markazi – CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan qayta tiklanayotgan mazkur inshoot O‘zbekistonda tarixiy merosni asrab-avaylash va madaniy taraqqiyot davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanining yorqin ifodasidir. 

Qayd etilishicha, markaz mahalliy rassomlar va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Bildirilishicha, u o‘z madaniy missiyasini chuqur ramziy ma’noga ega “Hikmah” ko‘rgazmasi bilan boshlaydi. Loyihada 11 nafar yetuk san’atkorning ijod namunalari orqali moziy hikmati, ajdodlar xotirasi va yangi davr estetikasining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi aks ettiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent markazidagi 1912 yilda qad rostlagan noyob me’moriy obida – sobiq dizel elektr stansiyasi binosi uzoq yillar davomida qarovsiz va tashlandiq holda edi. Shahar sanoat me’morchiligining kamyob namunasi bo‘lgan bu inshoot vaqt o‘tishi bilan to‘liq yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar