Poytaxtda 7 ta avtobus haydovchisi ishdan haydaldi. Sababi nima?
Jamiyat
−
13 dekabr 2023
9290Toshkentda avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida uyali aloqa vostasidan foydalanish yuzasidan reyd o‘tkazildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Bildirilishicha, tadbir 11-dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Jurayev tomonidan o‘tkazilgan. Ung ko‘ra, 7 nafar haydovchi avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa vositasidan, ya’ni telefondan foydalanayotganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, amaldagi yo‘l harakati qoidalarining II bob, 12-bandini (MJtKning 128-1-moddasi) va korxona ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun ushbu 7 nafar haydovchining mehnat shartnomasi bekor qilingan.
“Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun, agarda Siz avtobus haydovchisining uyali aloqa telefonidan foydalanayotganligini guvohi bo‘lsangiz “Toshshahartransxizmat” AJning 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni yoki bizning Instagram'dagi rasmiy sahifamiz "@toshbus"ni belgilagan holda qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchi haqida post orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda mast holda rulga o‘tirib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan avtobus haydovchisiga qonuniy chora ko‘rilgandi.
LiveBarchasi