Poytaxtda ham yong‘in sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 12:54 da tumanning Anaybuloq ko‘chasidagi ochiq maydonda quruq o‘t  va shox-shabba yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:59 da yetib borib, yong‘in 13:05 da qurshab olingan va soat 13:22 da o‘chirilgan. 

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham 2 gektar yerdagi quruq o‘t olov ichida qolgani haqida xabar berilgandi. Yong‘inni bartaraf etish uchun vertolyot ham jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Mirzo Ulug'bek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing