Poytaxt yo‘llarida maxsus avtotransportlar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Jamiyat

image

Avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalari harakati uchun Toshkent shahridagi 10 ta ko‘chada alohida yo‘laklar ajratish rejalashtirilyapti. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma’lumot berdi. 

Bunda, Toshkent shahridagi 10 ta ko‘chalar:

1.  Bobur ko‘chasi (Xalqaro aeroport bekatidan Seul ko‘chasi kesishmasi);

2.  Furqat ko‘chasi (Seul ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi kesishmasi);


3. Kichik halqa aylanma yo‘li (Shota Rustaveli ko‘chasidan Farxod ko‘chasi kesishmasi);

4. Farxod ko‘chasi (Kichik halqa aylanma yo‘lidan Lutfiy ko‘chasi kesishmasi);

5.  Lutfiy ko‘chasi (Farxod ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasi kesishmasi);

6. Muqimiy ko‘chasi (Lutfiy ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasi);

7. Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (Qo‘shko‘prik ko‘chasidan Qo‘yliq ota ko‘chasi kesishmasi);

8. Istiqbol ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasi);

9.  Axmad Donish ko‘chasi (Toshkent halqa aylanma yo‘lidan Nurafshon ko‘chasi kesishmasi);

10. Sebzor ko‘chasi (Nurafshon ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasi)ga qadar alohida yo‘laklar ajratish ko‘zda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing