Poytaxt va Andijon viloyatida quyun hodisasi sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 25 avgust kuni Toshkent shahri va Andijon viloyati ayrim hududlarida kuzatilgan quyun hodisalari kuzatildi. Gidrometeorologiya xizmati markazi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, mahalliy vaqt soat 15:00 va 16:30 orasida Farg‘ona vodiy viloyatlari va Toshkent viloyati ayrim hududlarida kichik maydonda atmosfera bosimi farqlarida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Bu Tojikiston respublikasi baland Pomir tog‘liklaridagi yuqori bosimli hudud hamda Farg‘ona vodiy viloyatlarida past bosimli hududlarning keskin rivojlanish fonida yuz bergan. 

Natijada, ayrim joylarda kichik shamol uyirmalari, boshqacha aytganda, quyun hodisalari kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, quyun hodisalari, uzoq muddatli yog‘ingarchiliksiz yoz kunlarida tez-tez kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bu tabiat hodisalari O‘zbekiston sharoitida xavfli po‘rtanalarni keltirib chiqarmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

quyun

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar