Poytaxt Toshkentda kimlar deputatlikka saylandi?

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 13 yanvar kuni 6-chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tayotgani, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. 

Sessiyada 2019 yilning 22 dekabr va 2020 yilning 5 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan saylov natijalari haqida Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi Ravshan Hakimov ma’lumot berdi.  

Qayd etilishicha, 5 siyosiy partiyadan Toshkent shahar deputatligi uchun ko‘rsatilgan nomzodlar 60 ta saylov okrugida teng raqobat olib borganlar. Saylov natijalariga ko‘ra, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi to‘liq shakllangan. 

Natijalarga ko‘ra, deputatlarning 22 nafari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 12 nafari “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, 11 nafari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan, 11 nafari Xalq demokratik partiyasidan va 4 nafari “Ekologik” partiyasi nomzodlaridir. 

Xalq deputatlari Toshkenrt shahar Kengashiga saylangan 60 nafar deputatlarning 17 nafari, 28,3 foizi ayollardir. Deputatlarning 2 nafari – 30 yoshgacha, 30 nafari – 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlarni hamda 28 nafari 50 yoshdan katta yoshdagilarni tashkil etadi.

Deputatlarning 57 nafari, yoki 95 foizi o‘zbek millatiga mansub. Boshqa millat vakillari esa jami uch nafar bo‘lib, ulardan 2 nafari rus millatiga, bir nafari esa qozoq millatiga mansub. 

Sessiya davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar