Poytaxt prokurori 30 nafar yoshning muammosini shaxsan nazoratga oldi

Biznes

image

Toshkent shahri Olmazor tumanida uyushmagan 25 nafar yoshga ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar, 20 nafariga kasbga yo‘naltirish bo‘yicha, 20 nafariga IT sohasida bepul o‘qish uchun sertifikatlar berildi. Yana 10 nafar yoshga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Inno texnopark” markazida shahar prokurori Erkin Yo‘ldoshevning yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvida 30 nafar yoshning muammolari yozma ravishda qabul qilindi. Ushbu muammolarni qisqa muddatda va ijobiy hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tuzilib, har bir murojaat bo‘yicha alohida mas’ullar belgilanib, ijrosi shaxsan shahar prokurori Erkin Yo‘ldoshev tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuvda prokuratura tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”da poytaxtdagi 63 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 3000 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. 

Ta’kidlash joiz, shahar prokurori tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 15.02.2023 yildan 02.03.2023 yilga qadar poytaxtning barcha tumanlarida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan.

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing