Poytaxt hokimligi yig‘ilishlarga vaqtincha chek qo‘ymoqchi
Jamiyat
−
16 mart 2021 4064 1 daqiqa
Toshkent shahar hokimligi o‘z tizimida yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishni vaqtinchalik chekladi
Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.
Bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Zarur hollarda yig‘ilishlar onlayn tizimda o‘tkazilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va ularning yotoqxonalarida karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Live
Barchasi