Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
28 mart
24553Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda hokimlikning Telegram'dagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
“Toshkentda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda. Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanish mumkin.
LiveBarchasi