Poytaxt YHXB haydovchilarga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image

2019 yilning 26 fevral kuniga qadar Toshkent shahri hududida haydovchilarning aynan orqaga harakatlanishlari vaqtida 9 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan va ularda 9 nafar fuqaro tan-jaroxatlari olgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha turdagi avtomototransport vositalarining haydovchilariga hamda harakatning boshqa ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

“Hurmatli haydovchilari va yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanish vaqtida doimo hushyor bo‘ling! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning. Haydovchilar, transport vositasini boshqarish jarayonida, ayniqsa orqaga harakatlanishda yon oynalardan samarali foydalaning, lozim bo‘lsa  orqa oynadan ko‘rinish yetarli bo‘lmasa, erinmang, avtomashinadan tushib, bir karra orqa tomonni ko‘zdan kechiring. Bu xavfsizlikni ta’minlash, insonlar hayotini asrashda juda ham muhim omil ekanligini unutmang!”, deyiladi murojaatda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent YHXB

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing