Poyezdda gaz balloni portladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni Hindistonda poyezd vagonida yuz bergan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 20 nafar shaxs jarohatlandi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, sayyohlar bo‘lgan poyezd Tamil Nadu shtati Maduray tumanidagi temir yo‘l vokzali yaqinida to‘xtab turgan.

Uttar-Pradeshdan kelgan yo‘lovchilar vagonga foydalanish mumkin bo‘lmagan gaz balloni olib kirgan va u portlagan. Yaralanganlar turli shifoxonalarga yetkazilgan. Hozircha hech kimning shaxsi aniqlanmagan.

Hindiston dunyodagi eng yirik temir yo‘l tarmoqlaridan biriga ega va o‘tgan yillar davomida bir necha falokatlarni ko‘rgan. Eng yomoni 1981 yilda Bixar shtatida poyezd ko‘prikdan o‘tayotganda relsdan chiqib, daryoga tushib ketgan. Oqibatda 800 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pokistonning Sind viloyatidagi Navabshoh shahrida poyezd vagonining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lib, 50 kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Poez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar