Povetkin va Uayt o‘rtasidagi jang yana qoldirildi

Sport

image

Og‘ir vaznli bokschilar Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang yana qoldirildi. Bu haqda promouter Eddi Xirn ma’lum qildi.

Rossiyalik va ingliz bokschisi o‘rtasidagi qarama-qarshilikning yangi sanasi 27 mart qilib belgilandi. Uayt va Povetkin Gibraltarda jang qiladi. Shunday qilib, jang uch haftaga qoldirildi.

Uayt va Povetkin o‘rtasidagi duel bir necha bor qoldirilgan. Dastlab jang o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

2020 yilning 22 avgust kuni bo‘lib o‘tgan birinchi jangda Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. 40 yoshli rossiyalik og‘ir vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) vaqtinchalik jahon chempioni kamari hamda WBC Diamond faxriy kamariga sazovor bo‘ldi.

Povetkinning hisobida 36 g‘alaba (25 nokaut bilan) va ikkita mag‘lubiyat bor. Uayt faoliyati davomida 27 ta jangda g‘alaba qozongan (18 tasi nokaut bilan), ikkitasida mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing