Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
Olam
−
16 Sentabr 2024
1454Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avj olgani sabab hukumat Yevropadan yordam so‘radi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16 sentyabrning o‘zida Portugaliyaning markaziy va shimoliy hududlarida kamida 15 ta yong‘in sodir bo‘lgan, jumladan, Albergariya-a-Velya shahri chekkasidagi uylar butunlay kuyib, kul bo‘lgan. Shu sababdan hukumat Yevropa Komissiyasidan RescEU deb nomlanuvchi Yevropa Ittifoqi fuqarolik himoyasi mexanizmi doirasida ko‘proq samolyotlar so‘radi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 800 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi mashinalar yong‘in bilan kurashmoqda. Undan tashqari shimoli-g‘arbiy Aveyru tumanida politsiya avtomagistrallarni, jumladan poytaxt Lissabon va Portu o‘rtasidagi asosiy magistralni yopgan va bir nechta qishloqlarni evakuatsiya qilgan.
Kuchli shamol va yuqori harorat ta’sirida yonayotgan yong‘inlarning quyuq tutuni atrofni qoplagan. Rasmiylar ushbu tumanda sakkizta suv bombardimonchi samolyotini joylashtirganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiyaning Kavala shahridagi Pangeon tog‘ida o‘rmon yong‘inlari boshlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar