Portugaliyada ish vaqtidan tashqari xodimni bezovta qilish taqiqlandi
Olam
−
09 noyabr 2021
3477Portugaliyada endi ish beruvchi ish vaqtidan tashqari xodimiga qo‘ng‘iroq qilsa yoki SMS xabar yozsa, jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda “Euronews” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakat parlamenti masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritgan. Yangi qonunga ko‘ra, agar kompaniyalar odatdagi ish vaqtidan tashqari ishchilarini bezovta qilsa, jarima to‘laydi.
Shuningdek, xodim uydan turib ishlaydigan bo‘lsa, kompaniya uning elektr va internet xarajatlarini ko‘tarishi kerak.
Yangi qoidalar yosh bolalarning ota-onalari uchun ham qulaylik yaratadi. Endi ular farzandi sakkiz yoshga to‘lgunga qadar ish beruvchilar bilan oldindan kelishmasdan, uyda ishlash huquqiga ega bo‘ladi. Ammo ikki oyda bir marta rahbar bilan yuzma-yuz uchrashishi lozim.
LiveBarchasi