Poroshenko ketishni mo‘ljallayapti

Olam

image

Ukrainaning sobiq Prezidenti Petro Poroshenko o‘z aktivlarini sotishni yakunlamoqda. Mamlakatdagi jiddiy aktivlardan faqat “Roshen” qandolat korporatsiyasi bor. Bu haqda Oliy Rada sobiq deputati Oleg Sarev intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Ukraina.ru” 

Hozirda Davlat tergov byurosi va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari sobiq davlat rahbariga qarshi turli ayblovlar bilan ko‘plab jinoiy ish qo‘zg‘agan. 

Ta’kidlanishicha, Poroshenko qo‘lidan kelgan barcha narsani pulga yoki xorijiy kompaniyalarning yuqori likvidli aksiyalariga o‘tkazdi. U faqat 8 milliard dollar miqdoridagi xorijiy kompaniyalarning aksiyalariga ega va istalgan vaqtda ushbu aksiyalarni sotib, pul olishi mumkin.

Sarev Poroshenko har qanday vaqtda chet elga borishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. Siyosatchi yaqinda Londondan kvartira sotib oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina poroshenko

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing