Pompeo Suriyada turk harbiylarining o‘limida Rossiyani aybladi

Olam

image
Idlibda sulh kuchga kirdi. Putin va Erdo‘g‘an nimaga kelishib oldi? north_east

Idlibda sulh kuchga kirdi. Putin va Erdo‘g‘an nimaga kelishib oldi?

Joriy yilning 27 fevral kuni Ibdibda terrorchilarga qarshi harakatlarni olib borayotgan turk harbiylariga Suriya Hukumati armiyasi tomonidan havo hujumi uyushtirildi. Oqibatda 34 turk harbiysi qurbon bo‘ldi. Mazkur masalada Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Mayk Pompeo AQSH Davlat departamentidagi matbuot anjumanida shunday dedi: 

“Vashington Rossiya Suriyadagi harbiy operatsiya davomida o‘nlab turk harbiy xizmatchilarini yo‘q qilgan, deya hisoblaydi”. “Middle East Monitor” nashriga ko‘ra, Pompeo AQSH NATO ittifoqchisi sifatida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidlagan.

Pompeo turk harbiylari aynan qaysi voqea paytida yo‘q qilingani haqida aniq dalil keltirmagan. Davlat kotibining bayonoti Moskvani ushbu voqeaga aloqador, deya aytgan ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblovi bo‘ldi, deb yozadi maqola muallifi.

“O‘tgan oy Suriyaning Idlib provinsiyasida kamida 34 nafar turk askari amalga oshirilgan havo hujumida halok bo‘ldi. Suriya hukumat qo‘shinlarining Moskva bilan hamkorlikda amalga oshirgan ushbu zarbasi so‘nggi 30 yil ichidagi eng dahshatlisi edi. Shundan so‘ng, Turkiya qarshi hujum berdi”, deb yozadi maqola muallifi.

“Idlibdagi vaziyatning keskinlashishi nafaqat mintaqadan bir millionga yaqin qochqinning chiqib ketishiga, balki Suriya mojarosida urushayotgan tomonlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Turkiya va Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi ehtimoliga ham olib keldi”, deyiladi maqolada. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Moskvada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 6 soatga yaqin davom etgan uchrashuvda Putin Suriya tomonidan berilgan havo zarbasi yanglish bo‘lgani, Hukumat harbiylari hududda turk askarlari bo‘lganini bilmaganini aytdi. Shu kuni Anqara va Moskva Suriyada o‘t ochishni 6 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatishga kelishib oldi. Hozircha ushbu kelishuvga to‘la amal qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Suriya Turkiya Idlib

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing