Polyanskiy Finlyandiya va Shvetsiyani Rossiya hujumidan ogohlantirdi
Olam
−
12 may 2022
15384Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi hamda ularning hududida NATO bo‘linmalarining joylashtirilishi bu mamlakatlarni Rossiya uchun potensial nishonga aylantiradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Britaniyaning “UnHerd News” internet nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Agar bu hududlarda NATO bo‘linmalari paydo bo‘lsa, bu hududlar zarba berish uchun nishon yoki ehtimoliy nishonga aylanishi mumkin”, deydi u.
Polyanskiy ta’kidlaganidek, Finlyandiya ham, Shvetsiya ham NATOga a’zo bo‘lishlari bilanoq, Rossiya tomonidan muayyan choralar ko‘rilishini biladi.
Ma’lumot uchun, Shvetsiya va Finlyandiya Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi fonida uzoq muddatli betaraflikdan voz kechish va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. Tashkilot Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Finlyandiya va Shvetsiyani o‘z safida ko‘rishdan xursand bo‘lishini va ularga tezroq qo‘shilish imkoniyatini taqdim etishini ta’kidladi.
Prezident Sauli Niinistyo va Bosh vazir Sanna Marinning bugun, 12 may kuni e’lon qilgan qo‘shma bayonotga ko‘ra, Finlyandiya imkon qadar tezroq NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishi kerak. Rasmiy qaror 15 may kuni qabul qilinishi kutilmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday bayonotlarni mamlakat tashqi siyosatidagi tub o‘zgarishlardan dalolat deb atadi.
Kreml Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa qo‘shilishini mamlakat uchun ekzistensial tahdid deb atadi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Rossiya chegaralariga yaqinlashishi dunyoni va xususan, Yevroosiyo qit’asini barqaror va xavfsizroq qilmaydi.
LiveBarchasi