Polshalik erkak tarixda ilk bor Boltiq dengizini suzib o‘tdi (video)

Sport

image

Polshalik sportchi Bartlomey Kubkovskiy suvdan chiqmasdan va hamrohlik qiluvchi kemaga tegmasdan Shvetsiyadan Polshagacha Boltiq dengizini suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi birinchi inson bo‘ldi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31 yoshli suzuvchi taxminan 160 kilometrlik masofani 55 soatda bosib o‘tgan. Kubkovskiy uchun ushbu urinish beshinchisi bo‘lgan.

Sportchi joriy yilning 31 iyul kuni Shvetsiyaning Kaseberga qishlog‘idan yo‘lga chiqib, 2 avgust kuni kechqurun Polshaning Dzivnuv shahri qirg‘oqlariga yetib kelgan. Ikki sutkadan ortiq vaqt davomida kuchli to‘lqinlar, shamol va past haroratga qaramay, u uzluksiz suvda bo‘lgan.

Suzish davomida unga ovqat va ichimliklar rekord shartlarini buzadigan jismoniy aloqaga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamrohlik qiluvchi qayiqdan uzatib turildi.

Sportchi jamoasining ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi kechada kuchli toliqish sababli Kubkovskiyda gallyutsinatsiya paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, u suzishni yakunlay olgan va uni qirg‘oqda ko‘plab muxlislar kutib olgan.

Ma’lumot uchun, avvalgi rekord boshqa polshalik suzuvchi Sebastyan Karasga tegishli edi. U 28 soat ichida Polshadan Daniyagacha bo‘lgan 100 km masofani suzib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng mashhur alpinistlaridan biri, dunyodagi eng baland 14 ta tog‘ni zabt etish bo‘yicha rekordi bilan ko‘pchilikka tanilgan Nirmal Purja qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lgandi. Hodisa Pokistondagi balandligi 8047 metr bo‘lgan Broud-Pik cho‘qqisida (bu dunyodagi 12-eng baland cho‘qqi) sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing