Polshada tonnalab baliq qirilib ketdi
Olam
−
14 avgust 2022
18669Noma’lum ifloslanish tufayli Polsha va Germaniyadan oqib o‘tuvchi Odra daryosi qirg‘oqlaridan 10 tonna o‘lik baliq topildi. Bu haqda “Rzeczpospolita” yozmoqda.
Polsha Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Macheya Vonsika ulkan ifloslanish uchun javobgarlarni aniqlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 1 million zlotiy (220 ming dollar) mukofot va’da qilgan.
Hozirgacha Polsha va Germaniya mutaxassislari suv namunalarini o‘rganishmoqda va unda simob yo‘qligini, ammo sho‘rlanish ko‘rsatkichi oshib ketganini aniqlashgan.
Polsha daryoni tonnalab o‘lik baliqlardan tozalash uchun harbiylarini jalb qilgan.
LiveBarchasi