Polshada Rossiyadan Kaliningradni qaytib olishga chaqiriqlar yangray boshladi

Olam

image

Kaliningrad viloyati tarixan Polsha hududi bo‘lib, hozirda Rossiyaning bosqini ostida qolmoqda. Bu  haqda Polsha quruqlikdagi qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni general Valdemar Skshipchak ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Do Rzeczy” gazetasi.

Skshipchakning fikricha, Varshava Kaliningradni eslab, unga da’vo qilishi kerak, chunki bu yerlar Polsha hududi tarkibiga kiradi.

Shu bilan birga, general Kaliningrad viloyatining “harbiy ahamiyatga ega emasligini” aytib o‘tgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 1945 yili Potsdam konferensiyasi qarori bilan Germaniyaning Sharqiy Prussiya provinsiyasining shimoliy qismi uning poytaxti Kyonigsberg bilan birgalikda vaqtincha SSSR tarkibiga o‘tkazilgan. Keyinchalik, chegara shartnomalari imzolanganda, Kyonigsberg viloyati Sovet Ittifoqi tarkibiga o‘tgani to‘liq tan olingan.

1946 yil 4 iyulda “butunittifoq oqsoqoli” Mixail Kalinin vafotidan so‘ng, uning sharafiga SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan garchi Kalininning viloyatga bevosita aloqasi bo‘lmasa ham Kyonigsberg shahri Kaliningrad deb o‘zgartirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1946

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing