Polshada Rossiya foydasiga josuslik qilgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi 

Olam

image

Polsha ichki xavfsizlik agentligi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan Ukraina fuqarosini qo‘lga oldi. U Rossiya uchun ishlaydigan josuslik tarmog‘i faoliyatida ishtirok etishda ayblangan 15-shaxs ekani aytildi. Bu haqda Polshaning PAP axborot agentligi xabar berdi.

Joriy yilning 21 iyun kuni qo‘lga olingan erkakning ismi ochiqlanmagan. U Ukraina fuqarosi bo‘lib, 2019 yildan beri Polshada yashagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Polshaning muhim infratuzilmasini, jumladan, harbiy ob’ektlar va dengiz portlarini kuzatgan va buning uchun mukofot olgan.

Prokuror erkakni uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish, shuningdek, respublika manfaatlariga qarshi josuslik faoliyatida ayblagan. Unga qo‘yilgan ayblovlar 10 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. Sud qarori bilan erkak uch oyga hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 30 iyun kuni rossiyalik 20 yoshli xokkeychi Polshada josuslikda ayblanib, hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Pol'sha josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing