Polshada qolayotgan o‘zbekistonliklar pul evaziga Toshkentga olib kelinyaptimi?

Jamiyat

image

Ukrainadagi urush maydonidan Lvovga yetib kelgan va O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lganlar Toshkentga samolyot uchun chipta sotib olsagina olib kelinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu gaplarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi munosabat bildirdi. 

“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatimizga olib kelish uchun tashkil etilayotgan maxsus aviareyslar uchun chiptalar sotilayotganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda. 

Fuqarolardan shu kabi xabarlarga ishonmasliklarini, maxsus aviareyslar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz. 

Hozirda Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.

Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish hamda maxsus aviareyslar orqali mamlakatimizga jo‘natish ishlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda”, deyiladi Transport vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Polshada qolayotgan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun yo‘lga chiqqan birinchi samolyot bugun, 28 fevral kuni soat 23:00 atrofida Toshkentga qaytishi kutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made