Polshada “britancha” shtamm tufayli lokdaun joriy qilinadi
Olam
−
17 mart 2021 4455 1 daqiqa
Polshada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sabab milliy karantin joriy etilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Adam Nedzelskiy xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, cheklovlar 20 martdan boshlab joriy etiladi va 9 aprelgacha davom etadi. Savdo markazlari, kinoteatrlar, teatrlar, galereyalar va boshqa ko‘ngilochar joylar, shuningdek basseyn va saunalar yopiq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari masofadan o‘qitish tizimiga o‘tadi.
Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirus tarqalishi tezlashishining asosiy sababi “britancha” shtammdir, bu holatlarning yarmidan ko‘pida (52 foiz) aniqlangan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust