Polsha va Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida fuqarolarni chet davlatlarga ishga yuborishini va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departament muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Q.Ya. fuqaro B.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborish va viza olib berish evaziga 5 000 AQSH dollarini olib o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganini aniqlagan.

Ma’lum qilinishicha, xuddi shunday yana bir holat qayd etilgan: fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni aldab, ularni tanishlari orqali Koreya davlatiga ishlashga jo‘natish evaziga 5 800 AQSH dollari va 163 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Samarqand viloyatida fuqaroni Isroilga ishlash uchun yuborishini aytib, uning 10 ming dollar pulini olgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing