Isroilga ishlashga yuborishni va’da qilib, 10 ming olgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
28 iyul 2021
2390Samarqand tumanida fuqaroni Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.N. fuqaro D.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, keyinchalik olingan summaning 6 000 AQSH dollari qaytarib berilgan. Biroq, qolgan 4 000 AQSH dollari evaziga fuqaroni Avstraliya davlatiga yuborishni va’da qilib, hozirgi kunga qadar ushbu pul mablag‘larini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi