Polsha Prezidenti Ukrainadan qochgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
04 mart 2022 10384 2 daqiqa
Bugun, 4 mart kuni chet el, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan Ukraina-Polsha chegarasidagi "Karchova" nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha Prezidenti Anjey Duda keldi. Bu haqda O‘zbekistoye Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov xabar bermoqda.
Tashrifi davomida mamlakat rahbari birinchi navbatda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari yoniga kelib, ularning qo‘lini siqib, shunday degan:
“Siz yurtingiz fuqarolari uchun muhim va ezgu ishni qilyapsiz. Sizning harakatlaringizni ko‘rib boshqa davlatlar diplomatlari va ko‘ngillilar faoliyatingizdan ilhom olishi shubhasiz. Menga O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni birinchi bo‘lib boshlagani haqida aytib berishdi va bu sa’y-harakatlaringizni O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolariga nisbatan muhim e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi deb bilaman.
Hech qancha vaqt ilgari biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgandik va sizga qo‘shni bo‘lgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Yevropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuatsiya qilishdek bu og‘ir operatsiyani faqat O‘zbekistonning faol ko‘magi bilan amalga oshira oldik. Bu bizning yodimizda”, degan Duda.
Polsha Prezidenti O‘zbekiston fuqarolari bilan ham samimiy suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashi va zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, 28 fevraldan buyon O‘zbekistonga Ukrainadan Polsha orqali 2 579 nafar fuqaro qaytarildi.
Live
Barchasi