Polsha Prezidenti Rossiyani “nenormalniy”ga chiqardi. Moskva bunga nima deydi?

Olam

image

Polsha Prezidenti Anjey Duda Rossiyani tajovuzkor harakatlar va xalqaro huquqni buzishda aybladi. Bu haqda Duda Gruziyadagi Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilar missiyasiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Rossiya normal mamlakat emas, u o‘zini normal tutmaydigan, tajovuzkor davlat”, deydi Polsha rahbari. 

Anjey Dudaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning xatti-harakatlari “davlatlarning yo‘q qilinishiga, urush holatiga va buning oqibatida odamlarning halok bo‘lishi hamda jarohat olishiga olib keladi”.

Qayd etish kerakki, Polsha rahbari Rossiya tomoniga birinchi marta bunday “iliq” so‘zlarni aytayotgani yo‘q. Jumladan, may oyining boshida mamlakat Konstitutsiyasi kuni Anjey Duda Rossiyani “ozodlik dushmani” deb atagan edi.

O‘z navbatida, Rossiya tomoni ham polshalik ushbu siyosatchining yuqoridagi bayonotlariga nisbatan javob qaytardi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Kengashi vitse-spikeri Konstantin Kosachyov hissiyotga berilib, asossiz bayonot berish davlat rahbari uchun qabul qilib bo‘lmaydigan ish ekanini aytgan.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Polsha Prezidentining xatti-harakatlarini nomaqbul, deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing