Pol Pogba “Manchester Yunayted”dan ketish niyatida

Sport

image

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum yakunlanganidan so‘ng, klubdan ketishga qaror qildi. Bu haqda "The Sun" nashri yozmoqda. Fransiyalik futbolchi Turinning "Yuventus" yoki Madridning "Real" klubiga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ayni vaqtda Pogbaning "Yuventus" klubiga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori. Futbolchining "Manchester Yunayted"dan ketmoqchiligiga bosh murabbiy Ule Gunnar Sulsher bilan kelisha olmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Pol Pogba "qizil iblislar" tarkibda 2011-2012 yillarda to‘p surgan. 2012 yilning so‘ngida Turinning "Yuventus" klubiga transfer qilingan. Pol Italiya A seriyasida 2016 yilga qadar to‘p surgan. 2016 yilning boshida yana "Manchester Yunayted"ga qaytib kelgan. 

Pogba 2018 yili Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba "qizil iblislar" tarkibida 2016 yildan buyon 99 marotaba maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 24 bor ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing