Pokistonning Eron hududiga hujumi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Pokiston havo kuchlarining Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi Seravon shahri yaqinida uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda viloyat gubernatorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tayanib, IRNA agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, havo hujumi oqibatida ikki erkak, uch ayol va to‘rt nafar bola halok bo‘lgan.

Viloyat gubernatori Ali Rizo Merhameti davlat televideniyesi orqali Pokiston bilan chegaradosh hududdagi qishloqqa raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, Merhameti portlash Seravan shahrida sodir bo‘lganini, u yerda qurbonlar yo‘qligini aytgan.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Pokistonning Tehrondagi muvaqqat ishlar bo‘yicha vakilini Siston va Balujiston viloyatiga uyushtirilgan zarba yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqirtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni  Eron Pokistondagi “Jaysh al-Adl” jangari guruhining ikki qarorgohiga raketa va uchuvchisiz samolyotlari bilan zarba bergandi. Pokiston bu hujumni Tehron tomonidan asossiz qoidabuzarlik, mamlakat suverenitetining asossiz va qo‘pol ravishda buzilishi, deb atadi hamda o‘z elchisi Muhammad Mudasir Tipuni Tehrondan chaqirib oldi. Bugun, 18 yanvar kuni esa Pokiston Eron hududiga havo hujumi uyushtirdi. Islomobod ham Eron hududidagi terrorchilar boshpanalariga zarba berish uchun operatsiya o‘tkazganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pokiston Siston va Balujiston Seravon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing