Pokistondagi masjidda fojiaviy portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 30 yanvar kuni Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Masjidga kirgan terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea peshin namozi vaqtida sodir bo‘lgan. Shahar politsiyasining aytishicha, masjidda kamida 260 nafar kishi bo‘lgan. Portlash natijasida namozxonlar ustiga devor qulab tushgan. Oqibatda kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 147 kishi yaralangan va ularning aksariyati og‘ir ahvolda. Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir jangari guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Manbaga ko‘ra, Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududida joylashgan Peshovar tez-tez jangari guruhlar, jumladan Pokiston Tolibon harakati nishoniga tushadi. Ushbu guruh so‘nggi bir necha oy ichida politsiyaga qarshi tez-tez hujumlar uyushtirgan. Xususan, dekabr oyida jangarilar mamlakat shimoli-g‘arbidagi aksilterror markazni egallab, hukumat organlari bilan muzokara o‘tkazish uchun asirlarni garovga olgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 11 yanvarida Afg‘oniston poytaxti Qobulning mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Portlash oqibatida 40 dan ortiq yarador Qobuldagi jarrohlik markaziga yetkazilgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing