Pokistonda zilzila paytida 100 dan ortiq mahbus qochib ketdi
Olam
−
03 iyun
3074Pokistonda uncha kuchli bo‘lmagan zilzila yuz berishi sababli qamoqxonalar vaqtinchalik bo‘shatildi, oqibatda 100 dan ortiq mahbus qochib ketdi. Bu haqda “Geo News” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila sababli Karachi shahridagi Malir qamoqxonasidan evakuatsiya vaqtida kamida 216 nafar mahbus qochishga uringan, ammo ulardan 78 nafari ushlangan. Qochish harakatlari davomida Janubiy Karachi shahrida kamida bitta mahbus otishmada halok bo‘lgan, uch nafar xavfsizlik xodimi esa jarohat olgan.
Qamoqxona boshlig‘i Arshad Shahning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda 600 dan ortiq mahbus kameradan chiqarilgan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbari Ziyo Ul Xasan Landjar bunday ommaviy qochishni oxirgi yillarda mamlakatdagi eng yirik qochish deb ta’kidlagan. U qochganlarning barchasi aniqlangani va hozir ularning qarindoshlari yashaydigan joylarda hamda atrofdagi hududlarda tekshiruvlar o‘tkazilayotganini bildirgan.
Qamoqxona ma’muriyati voqea yuz bergan paytda bu yerda jami 6022 nafar mahbus saqlanayotganini ma’lum qilgan.
Ushlangan mahbusning aytishicha, yerosti tebranishlari sabab yuzaga kelgan vahima odamlarni darvozani buzishga undagan. Hokimiyat hodisa uchun javobgar xodimlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishini va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada bir qator qamoqxonalar jinoyatchilar hujumiga uchragandi, ular mashinalarga o‘t qo‘yib, otishma uyushtirgandi. Noma’lum shaxslar Lyuin va Valans shahridagi axloq tuzatish muassasalari yaqinida avtomobillarga o‘t qo‘ygan. Avtomatlardan o‘q uzilgan, Kalashnikov avtomatidan ham 15 marta o‘q ovozi eshitilgan.
LiveBarchasi