Pokistonda rekord darajada issiq kuzatilmoqda
Olam
−
24 iyun 2023
14070Pokiston rasmiylari kecha, 23 iyun kuni aholini xavfli issiqlik to‘lqini haqida ogohlantirdi. Juma kuni Balujiston provinsiyasining Naukundi shahrida harorat 50 darajadan oshib ketgan.
Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi matbuot kotibi Idris Maqsud odamlarni uyda qolishga va imkon qadar jazirama quyoshdan saqlanishga chaqirdi.
“Kun davomida ko‘chalar va bozorlar butunlay bo‘m-bo‘sh. Biz issiq pech ichida yurganga o‘xshaymiz”, deydi mahalliy fuqarolar nemis matbuot agentligiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Islomobodda poytaxt energetika idorasi konditsionerlarga bo‘lgan talab ortishi sababli elektr ta’minotida muammolar kuchayganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi