Turkiya qiruvchilarni Rossiyadan oladimi yoki AQSHdan? Mudofaa vaziri munosabat bildirdi
Olam
−
30 Oktabr 2019
5357Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiyadan Su-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish rejalari haqidagi OAVdagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Avvalroq, Turkiyaning Daily Sabah nashri harbiy manbalarga tayanib, Moskva va Anqara Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishga tayyor ekanini xabar qilgan.
Akarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hali ham Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish va sotib olish dasturida ishtirok etishdan manfaatdor. Rasmiy Moskva va Anqara o‘rtasida Rossiyaning qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini, hozirga qadar ularda aniqlik yo‘qligini ko‘rsatyapti.
Su-35 — bu ko‘p maqsadli, yuqori manevra qilinadigan 4 ++ avlod qiruvchi, kuchlanish vektori bilan boshqariladigan dvigatellarga ega. 4 ++ avlod qiruvchisi kombinatsion jihatidan beshinchi avlod jangovar samolyotlarga yaqinligini anglatadi.
Sentyabr oyi boshida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an MAKS-2019 avia ko‘rgazmasida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan birga Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini borib ko‘rgandi.
Qo‘shma Shtatlar bundan oldin rasmiy Anqaraning Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimini sotib olgani uchun Turkiyani F-35 dasturidan chiqarib tashlagan.
LiveBarchasi