Pokistonda avtobus halokati tufayli 40 dan ortiq odam yonib ketdi (video)

Olam

image

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi ko‘prikka urilib, jarga qulab tushdi va yonib ketdi. Avtobus ichida 41 kishi tiriklayin yonib ketgan, 3 nafari jarohatlangan. Bu haqda The News International mahalliy nashri xabar berdi. 

Fojia Belujiston viloyatining Lasbela shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Kvettadan Karachiga yo‘l olgan avtobus 28 yanvardan 29 yanvarga o‘tar kechasi halokatga uchragan. Qorong‘u bo‘lgani uchun qutqaruvchilar dastlab to‘siqlarga duch kelgani aytilmoqda.  

Hodisa vaqtida avtobusda jami 44 kishi bo‘lgan. Hodisa joyida olib borilgan qutqaruv operatsiyasi davomida yaralangan 3 kishi avtobusdan olib chiqilgan va tibbiy muassasalarga yetkazilgan. 

Hozirda voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Ular ham avariya sababini, ham jasadlarning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, jasadlar yong‘inda qattiq kuygan, shu sabab DNK tahlilisiz ularning shaxsini aniqlash imkonsiz. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotishi tufayli sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing