Pokiston poytaxtida Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i bo‘ladi
Jamiyat
−
05 fevral 1165 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi ko‘chalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bog‘ga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda O‘zbekiston – Pokiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidlagan.


Toshkent ko‘chasi va Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qat’iy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida ta’kidlangan.


Eslatib o‘tamiz, ayni damda Shavkat Mirziyoyev davlat tashrif bilan Pokiston bo‘lib turibdi. O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv o‘tkazgani va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Ishoq Dorni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Pokiston Bosh vazirining qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif tor doirada muzokara hamda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Live
Barchasi