Pokiston Bosh vaziri: “Afg‘oniston – terrorizm qurboni”
Olam
−
16 Sentabr 2022
3436Terrorizmga qarshi kurashish va xavfsizlikni ta’minlash borasida Afg‘onistonni mustahkamlash nafaqat bu mamlakat, balki butun dunyo uchun ijobiy burilish bo‘ladi. Negaki Afg‘oniston terror qurboni hisoblanadi. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Hududlarimizda, Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda, uzoq muddatli tinchlikni ta’minlashga qaratilgan yechimni birgalikda topsak, mintaqamiz davlatlari tinchlikda yashaydi, taraqqiyotga erishadi va o‘z rivojlanish mexanizmlari bilan bo‘lishadi”, deydi Shahboz Sharif.
Pokiston bosh vaziri Afg‘oniston muammolariga e’tiborsizlik katta xato bo‘lishini urg‘ulab, Afg‘onistonning o‘z xalqi uchun munosib hayotni ta’minlash yo‘lida ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va boshqa sohalarda olib borayotgan barcha ijobiy tashabbuslarini birgalikda qo‘llab-quvvatlash kerakligini qayd etdi.
“Terrorizmga qarshi kurashish va xavfsizlikni ta’minlash borasida Afg‘onistonni mustahkamlash nafaqat bu mamlakat, balki butun dunyo uchun ijobiy burilish bo‘ladi”, deydi Pokiston bosh vaziri.
Shahboz Sharif xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonning mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun muzlatilgan aktivlardan foydalana olishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
LiveBarchasi