Pokiston Afg‘oniston poytaxtiga zarba berdi (video)
Olam
−
15 Oktabr 11313 2 daqiqa
Bugun, 15 oktyabr kuni Pokiston Afg‘oniston poytaxti Qobulga havo hujumlari uyushtirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Amaj News” xabar berdi.
“Biroz avval Pokiston harbiy samolyotlari Qobul shahrining Taymaniy tumanini bombardimon qilgan. “Tolibon” hozircha bu borada sukut saqlamoqda”, deyiladi xabarda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar Afg‘oniston poytaxtining Xayrxana Kotal tumanida ham sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi 2 400 km uzunlikdagi chegara 1893 yilda chizilgan bo‘lib, hali ham bahsli hudud hisoblanadi. Vaziyat keskinlashgani ortidan Qatar, Saudiya Arabistoni va Eron ikki tomonni tinchlikka va sabr-toqatga chaqirgan.
Pokiston yadro quroliga ega davlat hisoblanadi. Turli manbalarga ko‘ra, uning arsenali 60 dan 170 tagacha yadro kallaklarini o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston armiyasi chegaradagi blokpostlarga uyushtirilgan hujumga javoban Afg‘oniston hududida joylashgan “terrorchi guruhlar”ga zarba bergan edi.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni esa Afg‘onistonning Hilmand viloyatida ham otishma yuz bergan, shundan so‘ng Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Pokistonning Lahor shahriga zarba bergan. “Tolibon” rasmiylari bu operatsiya tafsilotlarini oshkor etmagan. Afg‘onistonning “TOLO News” telekanali esa to‘qnashuvlar chog‘ida kamida 58 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘lganini bildirgan. Pokiston tomoni esa kamida 200 nafar jangarini yo‘q qilinganini, Afg‘oniston hududidagi 19 ta terroristik ob’ekt va Afg‘oniston tank bataloni shtabiga zarba berilganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi